Biz qurgan va har kuni ishlab turgan tizimlar: do‘konlar, ishlab chiqarish korxonasi va kafel savdosi uchun. Hammasi o‘zbek tilida, so‘mda, O‘zbekiston sharoitiga moslab yozilgan.
Ishlayapti
RASTA
Do‘kon va supermarketlar uchun bulutli kassa va ombor tizimi.
Tayyor tovar bazasi: soliq tasniflagichidan (tasnif.soliq.uz) do‘kon turlarini tanlaysiz va tovarlarni nomi, shtrix-kodi va MXIK (IKPU) kodi bilan kartotekaga qo‘shasiz — har birini qo‘lda yozish shart emas
Kassa: naqd, karta, Click va Payme QR, aralash to‘lov, smena, X va Z hisobot
Ombor: kirim, o‘tkazma, inventarizatsiya, muddat nazorati
Narx turlari, aksiyalar, shtrix-kod va etiketka
Tarozi, chek printeri, mijoz ekrani bilan ishlaydi
Kassa (POS)Bosh sahifaYo‘qotish hisobotiVideo: kassada sotuv — tovar qo‘shish, to‘lov va chek · 18 s
Skrinshotlar demo ma’lumotlar bilan olingan.
Ishlayapti
Ishlab chiqarish ERP
Halva va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi TOTLI HOLVA SWEETS korxonasi uchun qurilgan. Xom ashyo kirimidan tortib agentning savdosi va xodimning oyligigacha — bitta tizimda.
Korxonaning ichki ma’lumotlari maxfiy, shuning uchun skrinshotlar o‘ylab topilgan demo korxona ma’lumotlari bilan olingan.
ShaxmatkaBron kartasiBugungi holatVideo: shaxmatkadan yangi bron yaratish · 16 s
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan.
Sinovda
Deklara — bojxona brokeri uchun tizim
Bojxona brokerlari va deklarantlar uchun: har yuk dossiyesi qaysi bosqichda, qaysi hujjat yetishmaydi va muddati qancha qolgani bir ekranda. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Yuk dossiyesi: arizadan hisob-kitobgacha bosqichlar, Kanban doskasi
Har dossiyeda hujjatlar checklisti — majburiy hujjatsiz yuk deklaratsiya topshirishga o‘tmaydi
Muddat nazorati: kechikkan va muddati yaqin yuklar, rahbarga eskalatsiya
TIF TN kod lug‘ati: boj va aksiz stavkalari, qidiruv so‘zlari
Bojxona to‘lovlari stavkalari va xizmat haqi hisobi
Mijozlar, kassa va qarzlar
Deklarantlar yuklamasi va so‘nggi faoliyat jurnali
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan.
Sinovda
Beton — karyer, beton-asfalt zavodi va tarozi
Karyer, beton va asfalt zavodi hamda elektron tarozi bitta tizimda: har tortish o‘z hisobiga tushadi, material sarfi kuniga solishtiriladi. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Uch oqimli tarozi: sotuv, ichki o‘tkazma va pullik xizmat — har biri o‘z hisobiga
Tarozi terminali: birinchi va ikkinchi tortish, netto, kutayotgan mashinalar
Beton va mikserlar: buyurtma, reys jadvali, marka tannarxi
Asfalt partiyalari va karyer chiqimi
Kunlik moddiy balans: farq ±0,5% dan oshsa ogohlantirish
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan.
Sinovda
Avto servis va ehtiyot qismlar
Avto servis va ehtiyot qism do‘konlari uchun: har mashina naryadi qaysi bosqichda, qaysi usta ishlayapti va qancha pul kelgani — barcha filiallar bo‘yicha bir ekranda. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan; mijoz ismlari xiralashtirilgan.
Sinovda
Non va qandolat zavodi
Non zavodi uchun: har zames retsept normasiga solishtiriladi, un unumi va dona vazni har kuni ko‘rinadi, non do‘konlarga yetkazilib, qarzi hisoblanadi. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Zames: retsept normasi va fakt, og‘ish ±3% dan oshsa tasdiqlab bo‘lmaydi
Rasstoyka va pech taymerlari, dona vazni nazorati
Un unumi: 100 kg undan chiqqan non, me’yor bilan solishtirish
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan; do‘kon nomlari xiralashtirilgan.
Sinovda
Avtozapchast do‘koni
Avtozapchast do‘koni uchun: partiya, yacheyka, nasiya, valyuta, onlayn katalog. Har detal qaysi javonda turgani, OEM raqami va analoglari, qaysi mashinaga mos kelishi bir joyda. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Qidiruv: nom, artikul, OEM raqami yoki mashina bo‘yicha — original va analoglar birga
Partiya va yacheyka: har detal qaysi kirimdan kelgani va qaysi javonda turgani
Nasiya: mijoz qarzi, muddati o‘tgan qarzlar va akt-sverka
Valyuta: dollar va yuan kursi, kirim narxi valyutada
Onlayn katalog: xaridor narx va borligini telefonidan ko‘radi
Kassa, qaytarish, kam qoldiq va o‘lik tovar ogohlantirishlari
Sinov versiyasidan, o‘ylab topilgan demo ma’lumotlar bilan.
Sinovda
SoftDoc Restoran — kafe va fast food uchun kassa
Fast food, kafe va restoran uchun kassa. Zaldagi stol, olib ketish va yetkazish bitta ekranda: buyurtma kassadan darhol oshxona ekraniga tushadi, mehmon esa navbat ekranida o‘z raqamini kutadi. Hozir sinov bosqichida — demoni ro‘yxatdan o‘tmasdan ochib ko‘ring.
Imkoniyatlar
Kassa: zal stollari, olib ketish va yetkazish, chekni bo‘lish, chegirma va xizmat haqi
Oshxona ekrani: gril, fritur, pitsa pechi va bar — har bo‘lim faqat o‘z taomlarini ko‘radi
Navbat ekrani va kiosk: mehmon o‘zi buyurtma beradi va raqami tayyor bo‘lganini ko‘radi
Click va Payme orqali QR to‘lov — chek to‘lov tasdiqlangandagina yopiladi
Tex karta bo‘yicha ombor: sotilgan har taom uchun xom ashyo o‘zi yechiladi, food cost ko‘rinib turadi
Smena X va Z hisoboti, kassalar va xarajatlar
Internet uzilsa ham zal buyurtmalari qabul qilinadi va aloqa tiklanganda o‘zi yuboriladi
Egasiga Telegram orqali ogohlantirishlar; kompyuter, planshet yoki Android telefonda ishlaydi
Kafel do‘koni uchun: xaridor kvartira rejasi rasmini olib keladi — sotuvchi xonalarni chizadi, kafel tanlaydi, tizim terilishni, kesishni va smetani hisoblaydi.
Kafel Savdo bilan birga ishlaydi: smeta bir bosishda buyurtmaga aylanadi.
Kafel terilishi rejadaSmeta va variantlar
Reja rasmi ustida xonalar, eshik va derazalar — o‘lchamlari bilan
Har sirtga kafel, terilish usuli (to‘g‘ri, siljitib, diagonal, yolka) va chok
Kesilgan va qoldiqdan ishlatiladigan bo‘laklar hisobi
Ikki variantni narx bo‘yicha solishtirish, PDF chizma va mijozga havola