Ko‘p so‘raladigan savollar
Yangi xodimga login qanday ochiladi? Parolni unutdim.
Admin «Xodim, rol, audit» → «Yangi foydalanuvchi» bilan login ochadi; unutilgan parolni xodim qatorida «Parolni o'rnatish» bilan tiklaydi. Har xodim o'z parolini menyu pastidagi «Parolni almashtirish»da o'zgartiradi.
Yangi tovar guruhi (kategoriya) qanday qo'shiladi?
Tovar kartotekasi → «Tovar guruhlari» → «Yangi guruh». Keyin «Narx, aksiya, marja» → «Marja pastki chegarasi»da shu guruhga foiz qo'ying — aks holda guruhdagi tovarga narx o'rnatilmaydi.
Tovar nomi yoki guruhini qanday o'zgartiraman?
Tovar kartotekasida tovar nomini bosing → tovar kartasi: nom, guruh, QQS, muddatni tahrirlab «Saqlash». Narx — shu kartaning «Sotuv narxi» bloki yoki «Narx, aksiya, marja» sahifasi.
Kassa «Qoldiq yetarli emas» deyapti, lekin omborda tovar bor.
Kassa faqat savdo zalidagi qoldiqdan sotadi. Tovarni «Javonga chiqarish» bilan ombordan savdo zaliga o'tkazing yoki boshlang'ich qoldiqni savdo zaliga kiriting.
Boshlang'ich qoldiqni xato tasdiqladim.
Admin hujjatdagi «Tasdiqni bekor qilish» bilan qoralamaga qaytaradi — faqat bu tovardan hali savdo yoki ko'chirish bo'lmagan bo'lsa. Aks holda farqni inventarizatsiya bilan tuzating.
Excel import «kodli tovar allaqachon mavjud» deyapti.
Import faqat yangi tovar qo'shadi. Shu fayl ikkinchi marta yuklangan bo'lsa, faqat yangi yoki tuzatilgan qatorlarni qoldiring.
Chekni bekor qila olmayapman.
Storno chek tasdiqlangandan keyin 24 soat ichida va qaytarish qilinmagan chekda ishlaydi; mas'ul shaxs o'z login-parolini kiritadi. Muddat o'tgan bo'lsa — qaytarish qiling.
Qaytarish hisobotlarda ko'rinmayapti.
Qaytarish qaytarish kunidagi savdo va foyda hisobotlaridan ayriladi (alohida «Qaytarish» ustuni). Qaytarilgan summa Z-hisobotda («Qaytarish summasi») va cheklar tarixida («Qaytarilgan») ham ko'rinadi.
O'tgan kungi Z-hisobotni qayerdan topaman?
Smena sahifasi tepasidagi «Z-hisobotlar tarixi» (menejer va admin uchun Hisobotlar bo'limida ham). Sana va kassa bo'yicha toping, «Ko'rish» yoki «Chop etish». Kassir faqat o'z smenalarini ko'radi.
Hisobotni Excel'ga chiqarsa bo'ladimi?
Ha: kunlik savdo, tovar savdosi, to'lov usullari, oylik foyda va qoldiq qiymatida «Excel» tugmasi bor. ABC/XYZ, aksiya va kassir reytingida hozircha yo'q.
Ikkinchi ombor qo'shmoqchiman.
Admin: Sozlamalar → «Omborlar» → «Ombor qo'shish» (litsenziyadagi ombor soni doirasida). Omborlar orasida ko'chirish — «Filiallararo o'tkazma».
STIRni kiritdim — bo'limlar yopilib qoldi.
Endi litsenziyaga zid STIR saqlanmaydi — dastur sababini aytadi. Eski xato bilan yopilgan bo'lsa, to'g'ri STIRni qayta yozing yoki SoftDoc'ga murojaat qiling.
Interfeys yoki chek ruscha bo'lishi mumkinmi?
Rus tili SoftDoc tomonidan yoqiladi; shundan keyin menyuda O'zbekcha/Русский tugmasi va sozlamada ruscha chek ishlaydi.
Telegram'ga xabar kelmayapti.
Sozlamalar → Qurilma va integratsiya: bot kaliti va chat raqamini saqlang, «Sinov xabari yuborish» bilan tekshiring. Yetkazish boti kalitini o'zgartirsangiz SoftDoc'ga xabar bering — botni qayta ishga tushirish kerak.
Mijoz kutib turibdi, keyingi mijozni qanday xizmat qilaman?
Kassa pastidagi «Ochiq cheklar» → «+ Yangi chek». Birinchi chek o'z slotida saqlanadi; mijoz qaytganda slotni bosing.
Ish haqi menyusi ko'rinmayapti.
Sozlamalar → Modullar → «Ish haqi va tabel» ni yoqing (admin).
Yangi guruhdagi tovarga narx qo'yib bo'lmayapti.
Guruhga marja pastki chegarasi qo'yilmagan. «Narx, aksiya, marja» → «Marja pastki chegarasi» → «+ Yangi chegara o'rnatish».
1C dagi tovarlarni RASTA'ga qanday o'tkazaman?
1C da «Obmen s saytom» (CommerceML) bilan import.xml va offers.xml (yoki zip) chiqaring, so'ng Tovar kartotekasi → «1C almashinuvi» → faylni tanlab «Tekshirish» → «Tasdiqlash va yozish». Qayta yuklasangiz, tovarlar 1C Id, shtrix-kod yoki artikul bo'yicha topiladi — dublikat bo'lmaydi.
Buxgalterga 1C uchun savdoni qanday beraman?
Hisobotlar → «1C ga savdo eksporti»: davr va filialni tanlab «Excel (xlsx)» — kunlik tovar yig'masi va to'lov turlari, 1C da «Zagruzka dannyx iz tablichnogo dokumenta» bilan yuklanadi. Har chek alohida hujjat kerak bo'lsa — «orders.xml».
Yetkazuvchini qanday qo'shaman?
Hozircha yetkazuvchini SoftDoc qo'shadi — nomi va telefonini yuboring.