Asosiy qismga o‘tish

UZRU

Narxlar

RASTA — do‘kon va supermarketlar uchun, RASTA Mobile — telefon do‘konlari uchun. Bulutda oylik yoki yillik obuna, yoki o‘z serveringizda bir martalik litsenziya. Tariflar do‘kon va kassa soni bilan farqlanadi — dastur hamma tarifda bir xil.

Tariflar

Baza SoftDoc serverida. Masofadan bepul ulaymiz, yangilanish avtomatik. Internet kerak.

Baza o‘z serveringizda. Bir martalik to‘lov, kassa do‘kon ichki tarmog‘ida internetsiz ishlaydi.

Bozordagi o‘xshash dasturlarning oylik obunasi: 196 000 – 1 372 000 so‘m. Solishtirish jadvali

RASTA do‘kon va supermarket

Mini

Kichik do‘kon, bitta kassa

99 000 so‘m / oykuniga ~3 300 so‘m

990 000 so‘m / yiloyiga 82 500 so‘m chiqadi

Faqat bulutdaLokal o‘rnatish Start tarifidan boshlanadi

  • 1 do‘kon
  • 1 kassa
  • Boshlang‘ich to‘lov yo‘q
Bepul sinov

Bitta do‘konga tavsiya

Start

Bitta do‘kon, kichik savdo zali

249 000 so‘m / oykuniga ~8 300 so‘m

2 490 000 so‘m / yiloyiga 207 500 so‘m chiqadi

5 900 000 so‘m bir marta2-yildan yangilanish (ixtiyoriy): 885 000 so‘m / yil

  • 1 do‘kon
  • 2 kassa
  • Ombor va xodimlar soni cheklanmagan
Bepul sinov

Biznes

Bitta katta do‘kon yoki supermarket

449 000 so‘m / oykuniga ~15 000 so‘m

4 490 000 so‘m / yiloyiga 374 167 so‘m chiqadi

10 900 000 so‘m bir marta2-yildan yangilanish (ixtiyoriy): 1 635 000 so‘m / yil

  • 1 do‘kon
  • 5 kassa
  • Ombor va xodimlar soni cheklanmagan
Bepul sinov

Tarmoq

Bir nechta filial

890 000 so‘m / oykuniga ~29 700 so‘m

8 900 000 so‘m / yiloyiga 741 667 so‘m chiqadi

21 900 000 so‘m bir marta2-yildan yangilanish (ixtiyoriy): 3 285 000 so‘m / yil

  • 3 do‘kon
  • Kassa soni cheklanmagan
  • Filiallararo o‘tkazma
  • Ombor va xodimlar soni cheklanmagan
Bepul sinov
  • Karta so‘ralmaydi, sinovdan keyin avtomatik to‘lov yo‘q
  • To‘lov kechiksa ham kassa to‘xtamaydi
  • Ma’lumot sizniki — istalgan vaqtda yuklab olasiz

Har bir RASTA tarifida

  • Kassa: smena, X va Z hisobot, naqd, karta, Click va Payme QR, bonus bilan to‘lov; aralash to‘lov, vaznli tovar
  • Interfeys o‘zbek va rus tillarida — har xodim o‘zi tanlaydi
  • Tovar, shtrix-kod, Excel/CSV dan import, etiketka
  • Kirim, partiya va yaroqlilik muddati, qoldiq, inventarizatsiya
  • Chakana, ulgurji va boshqa narx turlari, aksiyalar, sodiqlik kartasi va bonus
  • Yetkazuvchi qarzi, to‘lovlar, akt-sverka, buyurtma tavsiyasi
  • Rollar va huquqlar, audit jurnali, oylik hisobi
  • Savdo, foyda, qoldiq, ABC/XYZ hisobotlari; CSV eksport
  • Uskunalar: tarozi, chek printeri, mijoz ekrani, narx tekshirgich
  • Telegram bildirishnomalari

RASTA Mobile telefon do‘koni

Bitta do‘konga tavsiya

Mobile Start

Bitta telefon do‘koni

349 000 so‘m / oykuniga ~11 600 so‘m

3 490 000 so‘m / yiloyiga 290 833 so‘m chiqadi

8 900 000 so‘m bir marta2-yildan yangilanish (ixtiyoriy): 1 335 000 so‘m / yil

  • 1 do‘kon
  • 2 kassa
  • Ombor va xodimlar soni cheklanmagan
Bepul sinov

Mobile Pro

Ikki do‘kon

649 000 so‘m / oykuniga ~21 600 so‘m

6 490 000 so‘m / yiloyiga 540 833 so‘m chiqadi

15 900 000 so‘m bir marta2-yildan yangilanish (ixtiyoriy): 2 385 000 so‘m / yil

  • 2 do‘kon
  • Kassa soni cheklanmagan
  • Ombor va xodimlar soni cheklanmagan
Bepul sinov

Har bir RASTA Mobile tarifida — RASTA’dagi hamma narsa va:

  • IMEI1/IMEI2 va seriya raqami: kirimdan sotuv va qaytarishgacha
  • IMEI bo‘yicha qidiruv va tarix; chekda IMEI va kafolat muddati
  • Nasiya: shartlar, to‘lov grafigi, to‘lov qabul qilish, kechikkanlar ro‘yxati
  • Trade-in: ishlatilgan telefonni sotib olish, dalolatnoma
  • Cheklar ro‘yxati, butun chekni bekor qilish va qaytarish
  • Ro‘yxatlarni Excel (xlsx) ga eksport

Qo‘shimchalar va ulanish

Qo‘shimcha do‘kon (filial)
149 000 so‘m / oy
Qo‘shimcha kassa
39 000 so‘m / oy
Masofadan o‘rnatish, tovarlarni Excel’dan ko‘chirish, o‘qitish
Bepul
Joyiga borib o‘qitish (ixtiyoriy, bir kun)
490 000 so‘m
Joyiga borib o‘rnatish, sozlash va o‘qitish
990 000 so‘m bir marta
Yangilanish va qo‘llab-quvvatlash — 2-yildan (ixtiyoriy; to‘lanmasa ham dastur ishlayveradi)
litsenziya narxining 15% / yil
Shifrlangan bulut zaxira nusxasi (ixtiyoriy) tez orada
49 000 so‘m / oy
Server, UPS va tarmoq uskunasi
mijoz hisobidan

Birinchi 10 mijoz uchun

SoftDoc — yangi jamoa, shuning uchun birinchi mijozlarga chegirma beramiz va fikringizni so‘raymiz. Pioner shartlari bulut obunasiga qo‘llanadi. Evaziga — muntazam fikr-mulohaza. Nomingizni referens sifatida faqat alohida yozma roziligingiz bilan ko‘rsatamiz.

10 tadan 7 ta o‘rin qoldi

  1. 1 oy (30 kun) bepul sinov
  2. Keyingi 12 oy — obuna narxidan 30% chegirma
  3. Narx 24 oy o‘zgarmaydi

Ko‘p beriladigan savollar

Bepul sinov qanday ishlaydi?

Obunaning birinchi oyi (30 kun) 0 so‘m. Karta yoki oldindan to‘lov so‘ralmaydi, sinov tugagach avtomatik to‘lov yo‘q. Sinov tugashidan kamida 7 kun oldin eslatma yuboramiz; to‘lamasangiz, shartnoma o‘z-o‘zidan tugaydi va sizga hech qanday qarz yozilmaydi.

Ma’lumotlar kimga tegishli? Ularni olib keta olamanmi?

Ma’lumotlar sizniki. Dastur ichidan bazaning to‘liq nusxasini istalgan vaqtda yuklab olasiz — obuna holatidan qat’i nazar. So‘rasangiz, 5 ish kuni ichida SQL va CSV formatida bepul beramiz. Bulutda zaxira nusxa har 4 soatda va har kuni olinadi.

To‘lov kechiksa, kassa to‘xtab qoladimi?

Yo‘q. Kassa hech qachon to‘xtatilmaydi: sotuv, smena, X va Z hisobot, bazani yuklab olish va xaridorning elektron cheki doim ishlaydi. To‘lov kechiksa, 14 kun muhlat beramiz; undan keyin faqat boshqaruv bo‘limlari yopiladi va to‘lov tushgan kuni qayta ochiladi. RASTA Mobile’da nasiya va trade-in rasmiylashtirish boshqaruv bo‘limiga kiradi va bu holatda yopiladi. Ma’lumotlar o‘chirilmaydi.

Obunani qanday bekor qilaman?

Istalgan vaqtda yozma xabar bilan. Oylik obunada joriy oy uchun to‘lov qaytarilmaydi, oldindan to‘langan keyingi oylar qaytariladi.

Yillik obunani to‘xtatsam, pul qaytadimi?

Ha. Yillik obunada ishlatilmagan to‘liq oylar uchun pul qaytariladi — bekor qilish xabaridan keyin 10 bank kuni ichida hisob raqamingizga. Hisob tartibi ommaviy ofertaning 18-bo‘limida.

Bulut va Lokal — qaysi biri menga mos?

Bulut — server sotib olmasdan tez boshlash uchun; zaxira va yangilanishni biz yuritamiz, lekin do‘konda internet kerak. Lokal — baza o‘z serveringizda, kassa ichki tarmoqda internetsiz ishlaydi; server, UPS va zaxira nusxa sizning zimmangizda.

Dastur fiskal chek beradimi?

Hozir yo‘q. Dastur chiqaradigan chek fiskal hujjat emas — fiskal chek uchun onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanasiz. Hamkor virtual kassa orqali ulanish rejada.

Hozircha kirmaydi

Fiskal chek (onlayn NKM / virtual kassa) — rejada · Markirovka kodlarini tashqi tizimga uzatish — rejada · Elektron hisob-faktura chiqarish — rejada · Bulutda internetsiz ishlash · Ochiq API · Ishlab chiqarish va retsept hisobi · RASTA Mobile’da ta’mirlash moduli · Omborchi uchun Android ilova (sinov bosqichida, tarifga kirmaydi).

Bozordagi ochiq narxlar

Ma’lumot uchun: boshqa ishlab chiqaruvchilar o‘z rasmiy saytlarida e’lon qilgan narxlar. Tariflarning tarkibi va limitlari har xil, shuning uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslab bo‘lmaydi.*

Mahsulot va tarifOylik, so‘mYillik (12 oy jami), so‘mBir martalik, so‘mManba
BILLZ Start299 0002 870 400—billz.io/pricing
BILLZ Advanced499 0004 790 400—billz.io/pricing
BILLZ Pro999 0009 590 400—billz.io/pricing
MoySklad Basic196 0001 881 600—moysklad.uz/subscription
MoySklad Pro574 0005 510 400—moysklad.uz/subscription
MoySklad Korp1 372 00013 171 200—moysklad.uz/subscription
REGOS Plus (bulut)299 0003 055 200—regos.uz/ru/price
REGOS Pro (bulut)859 0008 246 400—regos.uz/ru/price
REGOS EasyTrade (lokal)——7 200 000 / 10 500 000regos.uz/ru/price

* 06.10.2026 holatiga, rasmiy saytlaridan; narxlar o‘zgarishi mumkin. «Yillik» — ishlab chiqaruvchi e’lon qilgan yillik to‘lov chegirmasi bilan 12 oy uchun jami summa; «—» — bunday to‘lov turi e’lon qilinmagan. REGOS EasyTrade: 1 kompyuter / tarmoq (2 kompyuter).

Narxlar so‘mda, QQSsiz.

To‘lov oldindan, naqd yoki karta orqali o‘tkazma bilan. Shartlar — ommaviy ofertada (bulut) va litsenziya shartnomasida (lokal).