Tayyor loyiha1-bosqich ~6 haftada
Beton zavodi
Beton zavodida pul uch joyda sizib chiqadi: materialda, vaqtda va ko‘rinmaydigan tannarxda. Uchalasining sababi bitta — o‘lchanmayapti. 2% og‘ish — o‘g‘irlik emas: tarozi sozlanmagan, qum nam, operator chamalab solgan.
Muammo
- 178 mln/yil
Material sezdirmay ketadi
Oyiga 5 000 m³ da sementning 2% og‘ishi — yiliga 396 tonna, ya’ni ~1 200 m³ beton yoki ~100 to‘la mikser. Qum, shag‘al va dizel bu hisobga kirmagan.
- 90–120 daq
Logistika telefonda
Qaysi mikser qayerda va beton qotishiga qancha qoldi — dispetcherning boshida. Kechikkan reys — brak beton.
- 9,7%
Tannarx taxminiy
Amortizatsiya va nakladnoy qo‘shilmasa, ba’zi markalar deyarli foydasiz sotiladi — buni hech kim ko‘rmaydi.
O‘zimizda topganmiz: halva ishlab chiqaruvchi TOTLI HOLVA SWEETS korxonasida tizim 100% deb hisoblagan unum o‘lchov qo‘yilgach 94,6% chiqdi — 13 kunda 129 kg mahsulot hisobda bor, omborda yo‘q edi. Hech kim o‘g‘irlamagan: qiyomdagi suv bug‘langan. Faqat o‘lchov qo‘yilgach ko‘rindi.
Jarayon xaritasi
Har bosqich ostida — nazorat nuqtasi. Belgilangan bosqichlarda nazorat majburiy: aynan shu yerda pul ko‘rinmay yo‘qoladi.
- 01Xom ashyo qabulPartiya va sertifikat
- 02OmborSilos va bunker qoldig‘i
- 03ZamesRetsept norma/fakt, namlik tuzatishinorma
- 04Sifat nazoratiKonus, kub namuna 7 va 28 kun
- 05Mikser yuklashDispetcher va qotish taymeritaymer
- 06YetkazishYo‘nalish va GPS
- 07Sotuv va kassaHujjat va mijoz balansi
- 08Hisobot1 m³ tannarx va foydatannarx
O‘z raqamlaringiz bilan hisoblang
Oylik hajm, sement narxi va taxminiy og‘ishni qo‘ying. Hisobda faqat sement (330 kg/m³) — qum, shag‘al va dizel kirmagan.
Hisob taxminiy: raqamlarni o‘zingiz o‘zgartiring — natija darrov yangilanadi.
Nima kiradi
Zames norma va fakt
Har zames retsept bilan solishtiriladi; og‘ish chegaradan oshsa sabab ko‘rsatilmaguncha tasdiqlanmaydi.
Namlik tuzatishi
Qum nam bo‘lsa suv kamaytiriladi — aks holda norma doim «buzilgan» ko‘rinadi.
Silos va material ombori
Har silosda necha kunga yetishi, har harakat partiya raqami bilan.
Dispetcher va qotish taymeri
Har mikserda qotishgacha qolgan vaqt; kechikish xavfida xabar.
1 m³ tannarx
Material, ish haqi, energiya, amortizatsiya va nakladnoy — marka bo‘yicha marja.
Rahbar paneli va Telegram
Kunlik hajm, sotuv, foyda va brak — har raqam bosiladi.
Ekranlar qanday ko‘rinadi




Ekranlar loyiha maketlari: ism, raqam va summalar o‘ylab topilgan namuna ma’lumotlar.
Qanday boshlaymiz
Har bosqich o‘zi to‘liq ishlaydi. Keyingisiga o‘tish — qayta yozish emas, ustiga qo‘shish.
- NazoratO‘zgarmas jurnal, zames norma/fakt, silos qoldig‘i — ~1,5 oy.
- OperatsionDispetcher, qotish taymeri, haydovchi ilovasi, sotuv va balans.
- Boshqaruv1 m³ tannarx, marka marjasi, rahbar paneli va Telegram hisobot.
- IntegratsiyaZavod avtomatikasi, tarozi, 1C bilan avtomatik almashuv.
Boshqa sohalar
Bepul uchrashuv va demo
Jarayoningizni bir soat ko‘rib chiqamiz va qaysi joyda pul ko‘rinmay ketayotganini birga topamiz. Diagnostika bepul.