Asosiy qismga o‘tish

UZRU

Barcha yechimlar

Tayyor loyiha1-bosqich ~6 haftada

Karyer, beton-asfalt va tarozi

Bitta korxonada karyer (qazish va drobilka), beton va asfalt zavodi, tarozi — tarozi begona mashinalarga pullik xizmat ham ko‘rsatadi. Aksariyat tizimlar har tortishni «sotuv» deb yozadi: aylanma shishadi, xizmat puli esa yo‘qoladi.

Muammo

  • 3 oqim

    Hamma tortish «sotuv» bo‘lib ketadi

    Karyerdan o‘z zavodingizga ketgan shag‘al sotuv emas, ichki o‘tkazma. Aralashsa — aylanma soxta, tannarx noto‘g‘ri.

  • 5,4 mln/oy

    Xizmat puli kassaga yetmaydi

    Begona mashina tortildi, kvitansiya yozilmadi — pul ham, iz ham yo‘q. Kuniga 40 tortishdan 15% hisobsiz qolsa, oyiga 5,4 mln so‘m.

  • ±0,5%

    Moddiy balans yo‘q

    Karyerdan chiqqan tosh = betonga + asfaltga + sotilgan + qoldiq. Bu tenglik har kuni tekshirilmasa, farq yil oxirida chiqadi.

Jarayon xaritasi

Har bosqich ostida — nazorat nuqtasi. Belgilangan bosqichlarda nazorat majburiy: aynan shu yerda pul ko‘rinmay yo‘qoladi.

  1. 01Karyer: qazishSmena hajmi va texnika
  2. 02Drobilka va fraksiyaFraksiya bo‘yicha chiqim
  3. 03TaroziSotuv / ichki o‘tkazma / xizmat3 oqim
  4. 04Beton va asfalt zavodiRetsept, transfer narxi tannarxga
  5. 05Sotuv va yetkazishNakladnoy va mijoz qarzi
  6. 06Tarozi xizmatiKvitansiya va kassa, ombor tegilmaydikassa
  7. 07Kunlik moddiy balansFarq ±0,5% dan oshsa — xabarbalans

O‘z raqamlaringiz bilan hisoblang

Kuniga nechta begona mashina tortiladi va qanchasi kvitansiyasiz qoladi — oylik yo‘qotish.

Oyiga kassaga yetmaydi5 400 000 so‘m

Yiliga65 700 000 so‘m

Hisobsiz tortish6 ta/kun

Hisob taxminiy: raqamlarni o‘zingiz o‘zgartiring — natija darrov yangilanadi.

Nima kiradi

  • Tarozi terminali

    Brutto, tara, netto, mashina raqami va foto; operator tortish turini tanlaydi.

  • Xizmat kvitansiyasi va kassa

    Begona mashina uchun faqat kvitansiya va to‘lov — har kvitansiya kassa bilan solishtiriladi.

  • Karyer va fraksiya ombori

    Qazish, drobilka va har fraksiya qoldig‘i tonnada.

  • Ichki o‘tkazma narxi

    Karyerdan zavodga ketgan material transfer narxi bilan tannarxga kiradi, sotuvga emas.

  • Beton va asfalt

    Retsept, zames norma/fakt va mijozga sotuv.

  • Kunlik balans va rahbar hisoboti

    Moddiy balans, xizmat tushumi va farqlar — Telegramda.

Ekranlar qanday ko‘rinadi

Tarozi posti: tortish turi tanlanadi, kvitansiya va kassa o‘zi bog‘lanadi
Tarozi posti: tortish turi tanlanadi, kvitansiya va kassa o‘zi bog‘lanadi
Kunlik moddiy balans va kassaga tushmagan xizmat tortishlari
Kunlik moddiy balans va kassaga tushmagan xizmat tortishlari

Ekranlar loyiha maketlari: ism, raqam va summalar o‘ylab topilgan namuna ma’lumotlar.

Qanday boshlaymiz

Har bosqich o‘zi to‘liq ishlaydi. Keyingisiga o‘tish — qayta yozish emas, ustiga qo‘shish.

  1. Tarozi va kassaUch oqimli tarozi, xizmat kvitansiyasi, kassa solishtiruvi.
  2. Karyer va omborQazish, fraksiya, ichki o‘tkazma va moddiy balans.
  3. ZavodlarBeton va asfalt retsepti, zames nazorati, sotuv.
  4. BoshqaruvTannarx, rahbar paneli, Telegram hisobot va 1C.

Boshqa sohalar

Bepul uchrashuv va demo

Jarayoningizni bir soat ko‘rib chiqamiz va qaysi joyda pul ko‘rinmay ketayotganini birga topamiz. Diagnostika bepul.