Tayyor loyiha1-bosqich ~6 haftada
Non va qandolat zavodi
Yarim avtomat liniyali (bo‘luvchi, rasstoyka shkafi, pech) zavodlar uchun — kuniga 5–20 ming dona. Muammo o‘g‘irlikda emas, ko‘rinmaslikda: un qayerda va qancha ketayotgani o‘lchanmaydi.
Muammo
- 70 kg/kun
Un unumi o‘lchanmaydi
100 kg undan qancha non chiqishi retseptda bor, qancha chiqqani — sanalmaydi. 135% o‘rniga 128% chiqsa, kuniga 1 tonna unda 70 kg non ko‘rinmay ketadi.
- 1,2 t/oy
Dona vazni og‘adi
Bo‘luvchi har nonga 5 g ko‘p bersa, kuniga 8 000 dona — oyiga 1,2 tonna mahsulot bepul ketadi. Kam bersa — mijoz shikoyati.
- 16,7%
Energiya tannarxga kirmaydi
Gaz va elektr — eng katta xarajat, lekin 1 dona non tannarxida ko‘pincha ko‘rinmaydi. Narx chamalab qo‘yiladi.
O‘zimizda topganmiz: halva ishlab chiqaruvchi TOTLI HOLVA SWEETS korxonasida tizim 100% deb hisoblagan unum o‘lchov qo‘yilgach 94,6% chiqdi — 13 kunda 129 kg mahsulot hisobda bor, omborda yo‘q edi. Hech kim o‘g‘irlamagan: qiyomdagi suv bug‘langan. Faqat o‘lchov qo‘yilgach ko‘rindi.
Jarayon xaritasi
Har bosqich ostida — nazorat nuqtasi. Belgilangan bosqichlarda nazorat majburiy: aynan shu yerda pul ko‘rinmay yo‘qoladi.
- 01Un qabul va saqlashNamlik, harorat — unumga ta’sir qiladi
- 02Zames (xamir qorish)Retsept normasi va fakt, xamir 26–28°Cnorma
- 031-tindirishVaqt va harorat
- 04Bo‘lish (delitel)Dona vazni: namuna tortishvazn
- 05ShakllantirishQolipga solish
- 06Rasstoyka35–40°C, 75–85% namlik, 40–60 daqiqataymer
- 07PechUpyok 6–12%, harorat va taymerupyok
- 08SovutishUsushka 2–4%
- 09Kesish va qadoqlashMuddat va sana etiketkasi
- 10Sklad va tarqatishMuddat 3–5 kun: eski partiya birinchiFIFO
O‘z raqamlaringiz bilan hisoblang
Kutilgan va real un unumini qo‘ying — ko‘rinmay ketayotgan non kg va so‘mda.
Hisob taxminiy: raqamlarni o‘zingiz o‘zgartiring — natija darrov yangilanadi.
Nima kiradi
Smena va partiya hisobi
Necha zames, necha dona, un sarfi va brak — har partiya kesimida.
Un unumi
100 kg undan real chiqqan non retsept normasi bilan solishtiriladi — og‘ish darrov ko‘rinadi.
Dona vazni
Nominal va fakt vazn: bo‘luvchini qachon sozlash kerakligi ma’lum bo‘ladi.
Rasstoyka va pech taymeri
Har qolip vaqti sanaladi, kechiksa operatorga signal.
Tannarx
1 dona non: un, qo‘shimcha, energiya, ish haqi, amortizatsiya — alohida ustunlarda.
Muddat, FIFO va qandolat
Eski partiya birinchi chiqadi; qandolat uchun tort tannarxi moduli.
Ekranlar qanday ko‘rinadi




Ekranlar loyiha maketlari: ism, raqam va summalar o‘ylab topilgan namuna ma’lumotlar.
Qanday boshlaymiz
Har bosqich o‘zi to‘liq ishlaydi. Keyingisiga o‘tish — qayta yozish emas, ustiga qo‘shish.
- NazoratO‘zgarmas jurnal, smena va partiya hisobi, dona vazni nazorati.
- OperatsionLiniya bosqichlari, un unumi norma/fakt, rasstoyka va pech taymeri.
- BoshqaruvEnergiya bilan tannarx va rahbar paneli.
- IntegratsiyaQandolat moduli, tarozi va datchiklar, 1C bilan almashuv.
Boshqa sohalar
Bepul uchrashuv va demo
Jarayoningizni bir soat ko‘rib chiqamiz va qaysi joyda pul ko‘rinmay ketayotganini birga topamiz. Diagnostika bepul.